21:31 / 05.02.2020
6 440

«Muhtasham yuz yil» serialidagi aktyor 16 yilga qamaldi

«Muhtasham yuz yil» serialidagi aktyor 16 yilga qamaldi
Foto: adnankoc/instagram.com
«Muhtasham yuz yil» tarixiy serialida Bahrom Posho roli bilan tanilgan turk aktyori Adnan Koch qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «Cumhuriyet» nashriga tayanib "Xabar.uz" ma’lum qildi.

2018 yil martida «Giyohvandlikka qarshi kurashish operatsiya»si paytida aktyor va boshqa 5 gumondorni hibsga olingandi.
Adnan Kochga shuningdek, politsiyaga qurol bilan qarshilik ko‘rsatish, garovga olish va noqonuniy o‘qotar qurol saqlash ayblovlari qo‘yilgan.

Jinoyatchilar qurolli qarshilik ko‘rsatib, dalillarni yo‘qotish maqsadida huquqni muhofaza qilish xodimlarini qo‘lga olishni rejalashtirishgan va olti politsiyachini yaralashgan.

Koch va uning jinoiy sherigi Ahmetga 16 yil 8 oy qamoq jazosi, qolganlarga esa 4 yil 9 oy 15 kun, 17 yil 6 oygacha qamoq jazosini o‘tash belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Muhtasham yuz yil» serialidagi aktyor 16 yilga qamaldi