04:57 / 06.06.2020
3 278

Tramp koronavirusdan 2 mln doza vaksina tayyorligini ma’lum qildi

Tramp koronavirusdan 2 mln doza vaksina tayyorligini ma’lum qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirusdan ehtimoliy vaksinaning 2 mln dozasi tayyorligini ma’lum qildi.

“Vaksinalar borasida ulkan muvaffaqiyatga erishildi. Biz transportirovka va logistika borasida tayyor turibmiz. Bizda xavfsiz ekanlikka sinovdan o‘tsa, jo‘natilishga tayyor turgan 2 mln doza vaksina bor”, deb aytgan Tramp matbuot anjumanda.

Ta’kidlanishicha, bu miqdordagi vaksina kichikroq shtat, misol uchun, Nyu-Meksiko aholisini to‘liq emlash uchun yetadi. Ayni vaqtda AQSHda 328 mlndan ko‘proq odam yashaydi.

AQSHda boshqa davlatlardagi kabi emlashga ruxsat berilgan vaksina hali mavjud emas. Hozirda vaksinalarning sinovlari olib borilmoqda, olimlar ularning samarali va xavfsiz ekanini isbotlashgach, ularni qo‘llashga ruxsat olishadi. Shundan keyingina hukumat ushbu dozalarni sotib olib, aholini emlashni boshlashi mumkin bo‘ladi.

Trampning ta’kidlashicha, AQSHda ayni vaqtda koronavirusga qarshi 8 ta vaksina ustida ishlar olib borilmoqda. Uning aytishicha, bu borada AQSHda “hammasi joyida”.

Bu orada AQSHda koronavirusdan vaksina ishlab chiqqanini e’lon qilgan Moderna kompaniyasi yolg‘onchilikda gumon qilinmoqda. Ta’kidlanishicha, go‘yoki kompaniya vaksina yaratgani haqidagi xabarlardan keyin aksiyalari qimmatlashishi ortidan pul ishlab olmoqchi bo‘lgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp koronavirusdan 2 mln doza vaksina tayyorligini ma’lum qildi