Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari O‘zbekistonda inflyatsiyaga ta’sir etuvchi omillar va ularning dinamikasini o‘rganib chiqdi.
Inflyatsiya ko‘rsatkichini past darajada ushlab turish makroiqtisodiy barqarorlikning muhim omili bo‘lib, u o‘z navbatida, ijtimoiy rivojlanish, investitsiya faolligini oshirish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
2022 yilning may oyida yillik Iste’mol narxlari indeksi (INI) 11% ni tashkil etdi. Uning tarkibida, oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi 6 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar inflyatsiyasi, mos ravishda 3,6% va 1,4% ga to‘g‘ri keladi.
Hisob-kitoblar savdo hamkori bo‘lgan mamlakatlardagi inflyatsiya O‘zbekistondagi inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri ekanligini ko‘rsatdi. Chunki asosiy inflyatsiyaning taxminan 38 foizi import inflyatsiyasining o‘sishi bilan bog‘liq. O‘zbekistonda pul massasi, foiz stavkasi va YAIM kabi talab omillarining inflyatsiyadagi ulushi 29% ni tashkil etadi. Nihoyat, narxga ta’sir etuvchi omillaridagi o‘zgarishlar O‘zbekistonda iste’mol narxlari indeksining 33% ga o‘sishiga turtki bo‘lmoqda.
2022 yilning 5 oyida O‘zbekistonda umumiy inflyatsiya darajasi 11% ni tashkil etgan bo‘lsa, buning 4,18% ini import inflyatsiyasi tashkil qilgan. Unda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi asosiy savdo hamkorlarimizning ulushi 2,73% ga yetdi. Import inflyatsiyasiga Rossiya va Xitoydagi inflyatsiyaning ta’siri katta. O‘zbekistonning umumiy importi ushbu mamlakatlarning ulushi salmoqli, ya’ni 21% va 19%. Shu bois ularning inflyatsiyaga ta’siri ham sezilarli, aniqrog‘i 0,90% va 0,81%. Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiyaning import inflyatsiyasiga ta’siri esa umumiy import inflyatsiyasining taxminan 0,45%, 0,30% va 0,28% ini tashkil etdi.
Inflyatsiyaga Rossiyaning ta’siri asosan sanoat tovarlari, mashina va transport uskunalari yo‘nalishida kuzatiladi. Xuddi shunday, Xitoyning import inflyatsiyasi asosan mashina va transport uskunalari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va kimyoviy mahsulotlar narxiga ta’sir ko‘rsatdi. Qozog‘istonning import inflyatsiyasi asosan oziq-ovqat va sanoat tovarlari, Janubiy Koreya va Turkiyaning import inflyatsiyasi esa asosan mashina va transport uskunalari narxlariga ta’sir ko‘rsatdi.
Ushbu tadqiqotda uchta empirik modeldan foydalanildi: Mark-Up, monetar va dollar inflyatsiya modeli, ya’ni dollarda import qilinadigan mahsulotlar narxining oshishi.
Tahlil 2016 yilning yanvaridan 2022 yilning may oyigacha bo‘lgan oylik ma’lumotlarga asoslanib o‘tkazildi. Ushbu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat statistika qo‘mitasining ochiq statistik ma’lumotlaridan olindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi