date

Tailand sulhga qaramay Kambodjani o‘q otishda aybladi

Tailand sulhga qaramay Kambodjani o‘q otishda aybladi
Tailand Kambodjani chegaradagi otishmalarni to‘xtatishga qaratilgan yangi sulhga “atayin” amal qilmaslikda aybladi. Bu ikki davlat dushanba kuni besh kunlik harbiy to‘qnashuvlarga barham berish maqsadida sulhga kelishgandi. To‘qnashuvlarda kamida 33 kishi halok bo‘lgan, minglab odamlar evakuatsiya qilingan.

Tailand harbiylari o‘t ochishni dushanba kuni tungi soat 12:00 da to‘xtatganini bildirgan bo‘lsa-da, ertalabgacha Kambodja tomonidan turli hududlarda o‘q uzish davom etganini ma’lum qildi.

Biroq Kambodja Mudofaa vazirligi Fransiyaning AFP agentligiga bergan bayonotida sulh boshlanganidan beri “hech qanday qurolli to‘qnashuv” bo‘lmaganini ta’kidladi.

Chegaradagi taranglik va avvalgi to‘qnashuvlar
Janubi-Sharqiy Osiyodagi bu ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi tarixiy chegaraviy nizo may oyida yana kuchaygan edi. O‘shanda bir kambodjalik askar halok bo‘lgan, keyinchalik Tailand askarlari yerga yashirilgan mina portlashi natijasida yaralangan edi. Bu esa tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni oxirgi o‘n yillikdagi eng past darajaga olib tushdi.

Yetakchilar muzokarasi va xalqaro bosim
Dushanba kuni Malayziyada ikki mamlakat bosh vazirlari — Kambodja rahbari Xun Manet va Tailand bosh vaziri Fumtam Vechayachay muzokaralar o‘tkazdi. Bu uchrashuv Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim vositachiligida tashkil etildi.

Xun Manet sulhni “juda yaxshi natija” deb atagan. Uzoq yillar davomida qurol va texnik jihatdan ustun bo‘lgan Tailand dastlab muzokaraga qiziqish bildirmagan edi. Ammo AQSh prezidenti Donald Tramp Tailand va Kambodja o‘rtasidagi savdo tariflari bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish bilan tahdid qilgach, Bangkok sulhga rozilik berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailand sulhga qaramay Kambodjani o‘q otishda aybladi