date

Donald Tramp: G‘azoda haqiqiy ochlik

Donald Tramp: G‘azoda haqiqiy ochlik
AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azodagi vaziyatni “haqiqiy ocharchilik” deb atadi. Bu bayonot Isroil Bosh vaziri Netanyaxu ocharchilik haqidagi da’volarni rad etganidan so‘ng yangradi. Tramp Shotlandiyada jurnalistlarga: “Bu bolalar juda och ko‘rinadi. Bu chinakam ocharchilik”, — dedi.

BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha rahbari Tom Fletcher esa G‘azodagi holatni “21-asr fojeasi” deb atab, zudlik bilan katta hajmdagi yordam zarurligini aytdi. Isroil e’lon qilgan 10 soatlik “taktik pauzalar” va havo orqali yordam tashlashni ijobiy baholagan Fletcher, ularni “okeanga tomgan tomchi” deb ta’rifladi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, yordam karvonlari yo‘lda och fuqarolar tomonidan talon-taroj qilingan. Bu esa haydovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda.

Isroil hukumati ocharchilik mavjudligini inkor etmoqda. Netanyaxu bu ayblovlarni “bo‘hton” deb atadi. Ularning fikricha, yordam yetkazilishiga asosiy to‘siq — HAMASning harakatlari. BMT esa HAMAS yordamlarga tizimli tarzda to‘sqinlik qilayotganiga oid dalillar yo‘qligini bildirgan.

BMT Sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, iyul oyida G‘azoda oziq-ovqat tanqisligi tufayli 147 kishi, jumladan 25 bola vafot etgan.

Trampning chiqishlari va xalqaro bosim ortidan Isroil AQSh, Yevropa va yirik tashkilotlar bilan yordamni ko‘proq hajmda yetkazib berishga rozi bo‘ldi. Ammo mutaxassislar fikricha, vaziyatni yaxshilash uchun barqaror yetkazib berish tizimi va tinchlik zarur.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp: G‘azoda haqiqiy ochlik