date

Nyu-Yorkdagi otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi

Nyu-Yorkdagi otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi
Nyu-Yorkning Manxetten markazidagi ko‘p qavatli ofis binosida sodir bo‘lgan qurolli hujumda to‘rt kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida Nyu-York politsiyasi xodimi Didarul Islom ham bor. Hujumchi, 27 yoshli Shane Devon Tamura, hujumdan so'ng o‘z joniga qasd qilgan.

Otishma 345 Park Avenue manzilidagi binoda, dushanba kuni kechqurun boshlangan.Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Tamura MR miltig‘i bilan binoga kirib, binoning kirish qismida o‘q uzgan, so‘ngra lift bilan yuqoriga chiqib, yana bir kishini otib o‘ldirgan va o‘zini otgan.

Komissar Jessika Tishning aytishicha, Tamura NFL va Blackstone joylashgan binoda politsiyachi Islomni birinchi bo‘lib otgan. Kuzatuv kameralarida uning qurol bilan kirgani aks etgan. 33-qavatga chiqqach, Ruden Building Management joylashgan qismda yana o‘q uzgan.

Tamura Las-Vegasdan sayohat qilib kelgan bo‘lib, uning shaharga yoki binoga aloqasi hozircha noma’lum. U Nevadada ro‘yxatga olingan qurol egasi bo‘lgan, mashinasidan o‘q-dorilar topilgan.

Didarul Islom Bangladeshdan ko‘chib kelgan, ikki farzandi bor, rafiqasi uchinchi farzandiga homilador. U so‘nggi uch yilda NYPD safida xizmat qilgan. Komissar Tish uni “haqiqiy qahramon” deb atadi.

Otishma Manxettenda vahima keltirib chiqardi, odamlar boshpanalarga yashirindi, politsiya binoni tozalashga bir necha soat sarfladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkdagi otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi