date

“Siti” Rodri Ernandes uchun rekord bitim tayyorlamoqda

“Siti” Rodri Ernandes uchun rekord bitim tayyorlamoqda

“Manchester Siti” rahbariyati jamoa uchun eng muhim o‘yinchilardan biri hisoblangan Rodri Ernandesning “Real”ga o‘tib ketish ehtimoliga jiddiy munosabat bildiradigan bo‘ldi. Angliya chempioni bu masalaga keskin yondashib, tajribali ispaniyalik yarim himoyachini jamoada saqlab qolish uchun kompleks choralar qabul qilishni boshladi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” Rodriga 2030 yilgacha amal qiladigan yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi. Ushbu bitimga ko‘ra, yarim himoyachi “Oltin to‘p” darajasidagi maosh oladi va uning daromadi ikki barobarga oshiriladi. Hozirda Rodri Ernandes klubdan yiliga 11 million yevro maosh olyapti. Bu esa klubda Erling Xolanddan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Xosep Gvardiola esa Rodrining o‘yini va jamoadagi rolini yuqori baholab, uni hozir ham, kelajakda ham “Siti”ning asosiy figuralaridan biri sifatida ko‘rishni istaydi. Murabbiyning bunday munosabati va klubning keskin pozitsiyasi orqali “shaharliklar” madridliklar tomonidan Rodriga bo‘lgan qiziqishni cheklashni maqsad qilgan.

Muxlislar esa Rodri Ernandesning “Manchester Siti”dagi kelajagi va yangi shartnoma sharoiti qanday bo‘lishini katta intiqlik bilan kuzatishmoqda. Jamoadagi barqarorlik va yetakchi futbolchilarni saqlab qolish klub maqsadlari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Siti” Rodri Ernandes uchun rekord bitim tayyorlamoqda