Samarqand shahridagi noqonuniy tarzda “qo‘ziqorin” shaklida qurilgan binoning buzilayotganligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Aniqlanishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan javobgar F.X tomonidan Samarqand tumani “Jo‘yisoy” MFY hududidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan uy-joyda o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan 12 qavatli bino-inshoot (mehmonxona) javobgarning hisobidan buzdirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Samarqand tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Javobgarga bir necha bor ogohlantirish xatlari berilgan. Biroq javobgar davlat ijrochisi talablarini bajarilmaganligi sababli unga nisbatan javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun ish to‘plangan hujjatlarni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudiga yuborgan va Sud tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198-moddasi 2-qismiga asosan bazaviy hisoblashning yetti (7) baravari miqdorida ya’ni 2.100.000 so‘m ma’muriy jarima jazo chorasi qo‘llanilgan.
Javobgar F.X. ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganligi sababli unga nisbatan 29.05.2023 yilda JKning 232-moddasi 1-qismi bilan har oylik ish haqining 15 foiz miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda bir yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Hozirda majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: ushbu binoni buzish ijro harakatlari davrida, yetarli maxsus texnika vositalari bo‘lmaganligi sababli, ijro harakatlari bir necha bor to‘xtatilgan edi.
Majburiy ijro byurosi