Bundesligada "Bayer" sharafini himoya qilayotgan tajribali hujumchi Patrik Shik yangi mavsumni boshqa klubda boshlashi mumkin. Yozgi transferlar bozorida chexiyalik to‘purarga qiziqish keskin oshgani ma’lum qilindi.
Ayni paytda, 29 yoshli futbolchini o‘z safida ko‘rishni istagan klublar soni tobora ko‘paymoqda. Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, hujumchiga to‘rtta mamlakatdan beshta jiddiy da’vogar paydo bo‘lgan.
Manbada aytilishicha, Italiya A Seriyasidan "Milan" va "Roma" jamoalari chexiyalik futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shish uchun jiddiy harakat boshlagan. Bundan tashqari, Germaniyaning "Leypsig", Angliyadan "Vest Xem" va Fransiyadan "Monako" ham hujumchiga ish berishga tayyor ekani aytilmoqda.
Ekrem Konurning ta’kidlashicha, hozircha "Milan" transfer poygasida favorit sifatida ko‘rilmoqda. Milanliklar sport direktori Igli Tare transfer jarayonini allaqachon boshlab yuborgan.
Taniqli Transfermarkt portali Shikning bozor qiymatini 27 million yevro deb baholadi. Patrik Shik o‘tgan mavsumda "Bayer" safida barcha turnirlarda 45 uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 27 marta ishg‘ol qilgan.
Muxlislar esa yozda qanday qaror qabul qilinishi va Patrik Shik qaysi klubda faoliyatini davom ettirishini katta qiziqish bilan kutmoqda.
Patrik Shik atrofida yozda qizg‘in transfer muzokaralari kutilmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar