Oʻzbekiston shokolad eksporti 3,3 ming tonnaga yetdi

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekiston 24 ta mamlakatga shokolad eksport qilgan. Yetkazib berishlar umumiy hajmi 3,3 ming tonnani tashkil etib, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 30 foizga koʻp.
Hisobot davrida shokolad eksportidan tushgan daromad 8,7 mln dollar boʻldi. Eng yirik xaridor Ozarbayjon bo‘lib, u 633,1 tonna mahsulot import qilgan.
Shuningdek, Moʻgʻuliston 433,7 tonna, Qozogʻiston esa 368,8 tonna oʻzbek shokoladini xarid qilgan. Eng katta importyorlar beshligidan Rossiya (365,2 tonna) va Qirgʻiziston (360,3 tonna) ham joy oldi.
Qolgan xorijiy bozorlar hissasiga yana 1,1 ming tonna mahsulot toʻgʻri kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing