date

Vaqtni emas, diqqatingizni boshqaring: unumdorlikni saqlab, kuyib ketmang

Vaqtni emas, diqqatingizni boshqaring: unumdorlikni saqlab, kuyib ketmang

Mehnat bozorida so‘nggi paytlarda mental salomatlik uzoq muddatli samaradorlikning muhim omili sifatida tobora ko‘proq tilga olinmoqda. hh.uz mutaxassislari ta’kidlashicha, o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish avvalo diqqat, energiya va ichki resurslarni boshqara olishdan boshlanadi.

Psixologlar diqqatni insonning eng qimmat resurslaridan biri deb hisoblaydi. Agar u doimiy ravishda chalg‘isa, bu ichki zo‘riqish yoki xavotirning belgisi bo‘lishi mumkin. Nafas mashqlari, qisqa tanaffuslar va yengil badantarbiya kabi usullar vaqtincha yordam beradi, biroq barqaror natija uchun chalg‘itayotgan omillarni aniqlab, ular ustida ishlash zarur.

Alohida e’tibor DEHB (diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik sindromi) bo‘lgan odamlarga qaratilishi lozim. Bu — konsentratsiya va energiya taqsimotiga ta’sir qiladigan neyroxilma-xillik bo‘lib, bunday holatda “standart” talablariga moslashishga urinishdan ko‘ra, o‘z xususiyatlarini qabul qilib, o‘zini boshqarish usullarini topish muhim.

Mutaxassislar vazifalar orasida tanaffus qilish, stresssiz “yo‘q” deyishni o‘rganish, rejalashtirishda faqat ish ro‘yxati emas, balki energiya taqsimotini ham inobatga olish, ayniqsa gibrid formatda jamoa bilan aloqani uzmaslikni tavsiya qiladi. Bu yondashuvlar kuyib ketishning oldini olib, ish va tiklanish o‘rtasidagi muvozanatni ushlab turishga yordam beradi.

Psixologlar fikricha, unumdorlik doimiy zo‘riqish hisobiga emas, diqqat, energiya va psixologik holatni ongli boshqarish orqali shakllanadi. Inson bu ko‘nikmalarni qanchalik erta rivojlantirsa, shunchalik uzoq vaqt samarali ishlab, o‘z mehnatidan qoniqish olishi osonlashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Vaqtni emas, diqqatingizni boshqaring: unumdorlikni saqlab, kuyib ketmang