O‘zbekistonda qaysi viloyatlar baliq ovlash bo‘yicha yetakchilik qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 21,3 ming tonna baliq ovlangan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,1 foizga ko‘p.
Hududlar kesimida eng yuqori natija Xorazm viloyatida qayd etildi. Viloyatda uch oy davomida 4,5 ming tonna baliq ovlangan. Jizzax viloyati esa 3,5 ming tonna ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Toshkent viloyatida 3,3 ming tonna, Andijonda 1,7 ming tonna, Navoiyda esa 1,5 ming tonna baliq ovlangani ma’lum qilindi. Sirdaryoda 1,3 ming tonna, Namanganda 1,2 ming tonna mahsulot qayd etilgan.
Farg‘ona viloyatida 1 ming tonna baliq ovlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida mos ravishda 0,9 ming tonnadan, Surxondaryoda 0,6 ming tonna, Qashqadaryo va Samarqandda esa 0,5 ming tonnadan baliq ovlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!