Samsung Galaxy smartfonlarining 19 ta modeli uchun One UI 8.5 global talqini chiqdi

Samsung kompaniyasi Android 16 operatsion tizimiga asoslangan One UI 8.5 qobigʻini tarqatish koʻlamini faol ravishda kengaytirmoqda. Janubiy Koreyada yangi dasturiy taʼminot taqdim etilganidan soʻng, kompaniya yangilanishlar geografiyasini oʻzining ichki bozoridan tashqariga olib chiqdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Hozirgi vaqtda One UI 8.5 interfeysining global talqini 19 ta smartfon modeli uchun foydalanishga topshirildi. Gizmochina resursi ushbu qurilmalarning toʻliq roʻyxatini eʼlon qildi. Mazkur roʻyxatdan Samsung Galaxy turkumidagi eng soʻnggi flagmanlar va ommabop modellar oʻrin olgan.
Aslini olganda, bu hali yangilanishning birinchi bosqichi hisoblanadi, chunki One UI 8.5 global final talqinini tarqatish jarayoni rasman 11-may kuni boshlandi. Kelgusi haftalarda ushbu yangilanishni qabul qiluvchi qurilmalar qamrovi yanada kengayishi kutilmoqda.
Shuningdek, avvalroq Samsung kompaniyasi hali rasman taqdim etilmagan Samsung Galaxy S26 FE modelida One UI 9 interfeysini sinovdan oʻtkazayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu esa kompaniyaning dasturiy taʼminotni rivojlantirish borasidagi jadal rejalaridan dalolat beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!