Hyperliquidning HYPE tokeni bir kunda 23 foizga qimmatlashdi

Markazlashmagan Hyperliquid birjasining mahalliy HYPE tokeni so‘nggi 24 soat ichida 23 foizdan ortiq o‘sish ko‘rsatib, juma kuni 47 USD darajasiga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yil oktyabridan buyon qayd etilgan eng yuqori natija hisoblanadi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Narxning keskin ko‘tarilishiga asosiy sabab sifatida AQSh birjalarida Hyperliquid birja savdo mahsulotlarining (ETF) paydo bo‘lishi ko‘rilmoqda. Juma kuni Bitwise kompaniyasi NYSE birjasida BHYP tiker ostida o‘zining spot Hyperliquid ETF’ini ishga tushirdi.
Ushbu fond investorlarga HYPE aktivlariga tartibga solinadigan investitsiya kiritish imkonini beradi. Shuningdek, 21Shares kompaniyasi ham seshanba kuni Nasdaq birjasida THYP nomli o‘z ETF mahsulotini taqdim etgan edi.
Bundan tashqari, Lookonchain ma’lumotlariga ko‘ra, a16z venchur fondi bilan bog‘liq hamyonlar ETF ishga tushishidan oldingi bir oy davomida 67,5 million USD qiymatidagi HYPE tokenlarini xarid qilgan. Bu holat institutsional investorlarning loyihaga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini anglatadi.
HYPE narxining kelgusi oylarda barqaror o‘sishi ETF fondlariga kirib kelayotgan real kapital oqimiga bog‘liq bo‘ladi. SoSoValue ma’lumotlariga ko‘ra, juma holatiga ko‘ra ushbu fondlar 3,17 million USD miqdoridagi aktivlarni boshqarmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!