Bugun Emre Kiviljim va Yulduz Rajabova oila qurmoqda

Bugun shou-biznes olamidagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan juftliklardan biri — Emre Kiviljim va Yulduz Rajabovaning to‘yi bo‘lib o‘tishi haqida xabarlar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda juftlikning nikoh oqshomi bilan bog‘liq xabarlar tez sur’atlarda ommalashib, muxlislar tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ko‘pchilik ularni shou-biznesning eng chiroyli juftliklaridan biri sifatida e’tirof etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘y marosimi yuqori kayfiyat va tantanali muhitda o‘tishi kutilmoqda. Muxlislar esa juftlikning baxtli onlarini intiqlik bilan kuzatmoqda.
Emre Kiviljim va Yulduz Rajabova munosabatlari avvaldan ham internet foydalanuvchilari diqqat markazida bo‘lib kelgan. Endi esa ularning nikoh to‘yi haqidagi xabarlar yanada katta qiziqish uyg‘otdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing