date

Vivaldi brauzeri oʻz tarixidagi eng yirik dizayn yangilanishini taqdim etdi

Vivaldi brauzeri oʻz tarixidagi eng yirik dizayn yangilanishini taqdim etdi

Ommalashib borayotgan Vivaldi brauzeri jamoasi desktop versiyasi uchun navbatdagi yirik yangilanishni eʼlon qildi. Ishlab chiquvchilarning soʻzlariga koʻra, Vivaldi 8.0 talqini dastur tarixidagi eng keng koʻlamli vizual oʻzgarishlarni oʻz ichiga olgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangilanishning asosiy xususiyati barcha interfeys elementlarini yagona tizimga birlashtiruvchi "Yagona" (Unified) deb nomlangan dizayn konsepsiyasidir. Endilikda panellar, vkladkalar va asboblar hech qanday ajratuvchi chiziqlarsiz, bir tekis vizual qatlamda joylashgan boʻlib, bu foydalanuvchi uchun yanada qulay muhit yaratadi.

Bundan tashqari, Vivaldi 8.0 versiyasida brauzerni shaxsiy xohishga koʻra tezkor sozlash imkonini beruvchi oltita yangi tayyor maket taqdim etildi. Har bir maket foydalanuvchi uchun keyingi personallashtirish jarayonida asosiy nuqta boʻlib xizmat qiladi.

Foydalanuvchilar ramkasiz dizaynga ega minimalist mavzu, diqqatni jamlash uchun interfeysi toʻliq yashirilgan rejim, klassik koʻrinish yoki vkladkalari chap va oʻng tomonda vertikal joylashgan variantlardan birini tanlashlari mumkin. Shuningdek, yangilanish doirasida oʻrnatilgan mavzular toʻplami hamda hamjamiyat tomonidan yaratilgan 7000 dan ortiq dizaynlar foydalanishga topshirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Vivaldi brauzeri oʻz tarixidagi eng yirik dizayn yangilanishini taqdim etdi