Bitcoin narxi 5 foizdan yuqori sakrashga tayyorlanmoqda

Payshanba kuni Bitcoin (BTC) narxi 77,000 USD darajasiga eʻtibor qaratgan holda, tahlilchilar kamida 5 foizlik oʻsish harakatini kutishmoqda. TradingView maʻlumotlari BTC narxi tor diapazonda harakatlanayotganini va spot narxining har ikki tomonida leverajli pozitsiyalar toʻplanib qolganini koʻrsatmoqda. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Taniqli treyder Daan Crypto Trades oʻzining X tarmogʻidagi tahlilida qisqa muddatli istiqbolda 78,000 USD hamda 76,500–77,000 USD atrofida yirik klasterlar mavjudligini taʻkidladi. CoinGlass maʻlumotlariga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida kripto bozorida asosan short pozitsiya egalari katta yoʻqotishlarga uchragan.
Cryptic Trades tahliliy akkaunti Bitcoin ayiqlari (bears) real vaqt rejimida qiyin ahvolga tushib qolayotganini qayd etdi. Soʻnggi kunlarda baʻzi qoʻllab-quvvatlash darajalari yoʻqotilganiga qaramay, bozor kuchi boʻyicha optimistik prognozlar saqlanib qolmoqda.
Ekspertlarning fikricha, narxning 74,000 USD darajasidan yuqori saqlanib qolishi eng ehtimoliy ssenariydir. Bozor strukturasi buzilmagani sababli, hozirgi nuqtada short pozitsiya ochish yoki spot aktivlarni xedjlash texnik jihatdan mantiqsiz deb baholanmoqda.
Shu bilan birga, Bitcoin va boshqa riskli aktivlar makroiqtisodiy bosimga duch kelmoqda. Xususan, WTI neft narxi bir barrel uchun 100 USD darajasidan yuqoriga koʻtarilishi global bozordagi vaziyatni murakkablashtirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!