date

Xakerlar multituli yangilandi: Linux asosidagi Flipper One taqdim etildi

Xakerlar multituli yangilandi: Linux asosidagi Flipper One taqdim etildi

Flipper Devices kompaniyasi oʻzining mashhur “xakerlar multituli”ning yangi versiyasi — Flipper One qurilmasini e’lon qildi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, ushbu gadjet ommabop Flipper Zero modelining oʻrnini bosuvchi emas, balki tarmoqlar bilan ishlashga yoʻnaltirilgan mustaqil mahsulotdir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Flipper One ikkita gigabitli Ethernet porti, Wi-Fi 6E qoʻllab-quvvatlovi va M.2 sloti orqali 5G-modem oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻldi. Qurilma, shuningdek, PCI Express, USB 3.0 va SATA interfeyslari orqali yuqori tezlikdagi modullarni ulashni qoʻllab-quvvatlaydi. Undan VPN-shlyuz, 5G-router yoki simsiz va simli tarmoqlar oʻrtasidagi koʻprik sifatida foydalanish mumkin.

Energiya tejamkor mikrokontrollerdan tashqari, qurilma toʻrtta yuqori unumdor Cortex-A72 va toʻrtta tejamkor Cortex-A53 yadrolariga ega Rockchip RK3576 protsessori hamda 8 GB LPDDR5x operativ xotirasi bilan jihozlangan. Chip unumdorligi Linux operatsion tizimining toʻliq versiyasini oʻrnatish uchun yetarli hisoblanadi.

Qurilma HDMI porti bilan jihozlangan boʻlib, u 4K ruxsatdagi va 120 Gs yangilanish chastotasiga ega monitorni ulash imkonini beradi. Bu esa Flipper One qurilmasidan stolusti shaxsiy kompyuteri sifatida foydalanishga yoʻl ochadi. Kompaniya ochiq kodli proshivka chiqarishni rejalashtirmoqda, biroq Linux tizimining ARM arxitekturasidagi ayrim qismlari hali toʻliq ochiq boʻlmagani sababli qoʻshimcha ishlar talab etiladi.

Flipper One loyihasi kraudfanding kampaniyasi orqali moliyalashtiriladi, uning boshlanish sanasi hozircha e’lon qilinmagan. Flipper Devices allaqachon dasturchilar uchun maxsus portalni ochgan boʻlib, u yerda qurilma dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda ishtirok etish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xakerlar multituli yangilandi: Linux asosidagi Flipper One taqdim etildi