Bitcoin jamgʻarish tendensiyasi pasaymoqda: Zararlar 600 million dollarga yetdi

Iqtisodiyot1 daqiqa o'qish170
Bitcoin jamgʻarish tendensiyasi pasaymoqda: Zararlar 600 million dollarga yetdi

Bitcoin (BTC) oʻzining 82,800 dollarlik mahalliy choʻqqisidan qariyb 7 foizga arzonlashdi. Bunga hamyon egalarining bir necha guruhlari aktivlarni jamgʻarishdan koʻra, ularni sotishga (distributsiya) oʻtgani sabab boʻldi. Glassnode maʼlumotlariga koʻra, realizatsiya qilingan zararlarning ortishi bozordagi momentum oʻzgarayotganidan dalolat beradi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Hozirda birjalar tomonidan Bitcoinʼning yillik yutilish darajasi yaxshilanayotgan boʻlsa-da, yirik investorlar — "kitlar" oʻz tangalarini tarixiy surʼatlarda yoʻqotmoqda. Birjalarga oqib kelayotgan mablagʻlar hisobiga yutilish koʻrsatkichi aprel oyidagi -100 foizdan -75 foizgacha koʻtarildi. Yanvar oyida kuzatilgan shunga oʻxshash holat BTC narxining 38 foizga pasayishiga olib kelgan edi.

1,000 dan ortiq BTC saqlaydigan yirik subyektlar orasida jamgʻarish darajasi -151 foizga tushib ketdi, bu Bitcoin tarixidagi eng past koʻrsatkichdir. Bu holat institutsional investorlar kayfiyati oʻzgarganini va spot Bitcoin ETFʼlaridan mablagʻlar chiqib ketayotganini koʻrsatmoqda.

Narx 76,000 dollargacha tushgan bir paytda, investorlar tavakkalchilikdan qochish (risk-off) rejimiga oʻtdilar. Accumulation Trend Score (ATS) koʻrsatkichi nolga yaqinlashgani "kitlar" Bitcoin sotayotganini yoki yangi aktivlarni sotib olishni toʻxtatganini tasdiqlaydi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?