date

Kalit bilan davolovchi tabib paydo bo’ldi

Kalit bilan davolovchi tabib paydo bo’ldi

Turkiyaning Shanliurfa (Shonli Urfa) viloyatida yashovchi bir shaxs ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. U nutqida muammosi bor yoki umuman gapira olmaydigan insonlarni noodatiy usul — og‘ziga kalit tekkizib, duo o‘qish orqali “davolash” mumkinligini iddao qilgan.

Mazkur jarayon aks etgan video qisqa vaqt ichida millionlab tomosha to‘plab, katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng Turkiyaning turli hududlaridan, hatto Yevropaning ayrim mamlakatlaridan ham yuzlab oilalar Shonli Urfaga yo‘l ola boshlagan.

Tabibning aytishicha, u bemorlarning og‘ziga oddiy metall kalitni tekkizib, duo o‘qiydi. U bu usul tug‘ma nuqsoni bor bolalar va kattalarga ham yordam berishini ta’kidlamoqda. Turk matbuotiga ko'ra, u bu xizmat uchun haq olmasligini ham bildirgan.

Ayrim ota-onalar farzandlarida kichik ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganini aytmoqda. Biroq tibbiyot mutaxassislari va ekspertlar bu usulning hech qanday ilmiy asosga ega emasligini qat’iy ta’kidlamoqda.

Shuningdek, mutaxassislar og‘izga steril bo‘lmagan metall buyumlarni solish gigiyena va sog‘liq nuqtai nazaridan xavf tug‘dirishi mumkinligini eslatib, fuqarolarni bunday tajribalarga ehtiyotkorlik bilan yondashishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kalit bilan davolovchi tabib paydo bo’ldi