Trump sunʼiy intellekt xavfsizligi boʻyicha farmonni imzolashni kechiktirdi

1 daqiqa o'qish130
Trump sunʼiy intellekt xavfsizligi boʻyicha farmonni imzolashni kechiktirdi

AQSH Prezidenti Donald Trump sunʼiy intellekt (AI) modellarini ommaga taqdim etishdan avval hukumat tomonidan tekshirilishini koʻzda tutuvchi ijrochi farmonni imzolashni ortga surdi. Trump hujjatning hozirgi tahriridan qoniqmayotganini va bu sohadagi yetakchilikka zarar yetkazishni istamasligini maʼlum qildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

“Menga farmonning ayrim jihatlari maʼqul kelmadi”, — dedi Trump Oq uy matbuot xizmati vakillariga. Uning taʼkidlashicha, AQSH hozirda Xitoy va boshqa davlatlardan sunʼiy intellekt poygasida oldinda bormoqda va u ushbu yetakchilikka toʻsqinlik qiladigan har qanday qadamdan tiyilmoqchi.

Norasmiy maʼlumotlarga koʻra, farmonning kechiktirilishiga texnologik kompaniyalar rahbarlarining qisqa vaqt ichida Vashingtonga kela olmagani ham sabab boʻlgan. Kutilayotgan farmon Milliy kiberdirektor idorasi va boshqa agentliklarga AI modellarini xavfsizlik nuqtayi nazaridan baholash jarayonini ishlab chiqish vazifasini yuklashi kerak edi.

Ushbu chora-tadbirlar Anthropic kompaniyasining Mythos va OpenAIʼning GPT-5.5 Cyber modellari chiqarilishi ortidan paydo boʻlgan xavotirlarga javobdir. Mazkur modellar kiberxavfsizlikdagi zaifliklarni tezda topish va ulardan foydalanish imkoniyatiga ega ekani aytilmoqda.

CNN xabariga koʻra, farmondagi eng bahsli bandlardan biri — AI kompaniyalari oʻzlarining ilgʻor modellarini ishga tushirishdan 14 kundan 90 kungacha boʻlgan muddatda hukumatga taqdim etish talabidir. Trump ushbu talab texnologik rivojlanish uchun “toʻsiq” boʻlishi mumkinligidan xavotirda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?