20:37 / 04.01.2019
6 554

Paxta moyi narxini liberallashtirish taklif etilmoqda

Paxta moyi narxini liberallashtirish taklif etilmoqda
O‘zbekiston Moliya vazirligi aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotiladigan paxta moyi, shuningdek shulxa va chigit shroti narxlarini davlat tomonidan tartibga solishni bekor qilish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Prezident qarori bilan noyabrdan buyon texnik chigit urug‘i qayta ishlash quvvatlariga ega har qanday mahalliy korxonalarga birjalar orqali sotilmoqda. Shulxa va shrot birjada erkin sotilmoqda.

Moliya vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov 13 dekabr kuni Oliy Majlis Senatidagi chiqishida nima uchun paxta chigitini birja orqali sotish imkoni bo‘lmagani haqida ma’lumot berib o‘tgan edi.

«Biz paxta chigiti narxini keskin oshirdik va shulxa va paxta chigiti shrotini birjada sotish orqali liberallashtirishni boshladik. Biroq shulxa va shrot narxiga qarasak, ular o‘rtasidagi marja juda katta, ya’ni zavodlar rasman birja orqali sotmoqda, xaridor-korxonalar esa boshqa narxda olmoqda. Farq 100 foizgacha boradi. Biz paxta chigitini birja orqali sotishni boshladik. tan olamiz. Xato qildik. Xo‘jako‘rsinga bo‘lib chiqdi. Masalan, Samarqanddagi chigit ishlab chiqaruvchi zavod birjaga mahsulotini qo‘yadi, biroq bu chigitlarni faqat Samarqanddagi yog‘-moy kombinati sotib ololadi. Boshqa hech kim birja savdolarida qatnasha olmaydi, viloyatda esa faqat Kattaqo‘rg‘onda yog‘-moy kombinati bor. U holda qanday raqobat bo‘lishi mumkin? Marja bir odamning cho‘ntagida qolmoqda», — degan edi bosh vazir o‘rinbosari.

Moliya vazirligi rahbari nima uchun paxta moyiga aksiz solig‘i bekor qilinganiga ham izoh berib o‘tdi.

«Bugungi kungacha biz paxta moyiga aksiz solig‘i solgan edik. Fermerga qo‘shimcha haq o‘rniga aksiz solig‘i qo‘llanildi. O‘tgan yili prezident topshirig‘i bilan aksiz stavkasini ikki marta tushirdik va so‘ngra bekor qildik. Chunki oziq-ovqat mahsulotlarida aksiz solig‘i umuman bo‘lmasligi kerak, bu faqat bizda bor», — dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Moliya vaziri un narxining liberallashtirilishi fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini aytib o‘tdi. «15 sentyabrdan un narxini liberallashtirishning birinchi bosqichini boshladik. Ushbu sanadan boshlab 1 kg un narxi 1400 so‘m miqdorida belgilandi. Biz dislokatsiya bo‘yicha non va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ro‘yxatini tuzamiz va ularga unni 1400 so‘mdan sotamiz. Aholiga sotiladigan unga kelsak, un zavodlarimizga joylarga chiqish va unni 1750 so‘mdan sotishga ruxsat berdik. Nima uchun un narxini oshiramiz? Chunki fermerlarimizni qo‘llab-quvvatlashni istaymiz. 2019 yildan 1 tonna bug‘doy 1,2 mln so‘mdan sotib olish belgilandi», — dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Paxta moyi narxini liberallashtirish taklif etilmoqda