
Iyul - yozning eng qizg‘in davri va aynan iyul oyida mamlakatda eng yuqori havo haroratlari kuzatiladi. "O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, iyul oyi juda issiq bo‘lmasligi kutilmoqda.
Hududning katta qismida o‘rtacha oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda va faqat shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda me’yordan +1...+1,5 darajaga yuqori bo‘ladi.
O‘zbekiston hududida Eron hududlaridan yana issiq havo kirib kelishi hisobiga iyul oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1-3 iyul kunlari havo haroratining qiymatlari +37...+40 darajaga, cho‘l hududlarda va respublika janubida +41...+43 darajaga yetadi.
Iyul oyi birinchi o‘n kunligi o‘rtalariga borib, harorat 3-5 darajaga pasayishi kutilmoqda.
Keyinchalik, oy oxirigacha havo harorati kechalari +20...+25 daraja atrofida, ba’zi joylarda +27 darajacha, kunduz kunlari +33...+38 darajagacha, ayrim kunlarda +39...+41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +42...+45 darajagacha bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, asosan tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim kunlarda mahalliy qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar