date

Korrupsiyaga qarshi kurashish - davr talabi!

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi haqidagi xabarlar tarqatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7 may kuni Byuroning Xiva tumani bo‘limi davlat ijrochisi S.D. ijro ishi bo‘yicha soliq qarzdorligi hamda soliq organlarida ishlovchi tanishlari orqali soliq qarzdorligini bartaraf qilib berish evaziga fuqaro X.P.dan 1500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha 2026 yilning 08 may kuni Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan S.D. Jinoyat Kodeksining tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan vaqtdan buyon korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasi asosiy vazifa va talablardan biri bo‘lib qolmoqda.

Byuro organlarida faoliyat olib borayotgan Shaxsiy xavfsizlik bo‘yicha tarmoq xodimlari tomonidan xodimlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarning ta’sirchanligini oshirish, ular o‘rtasida turli suiiste’molchilik va nojo‘ya xatti - harakatlarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

Birgina, joriy yilning o‘tgan davrida, Byuroning  Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan 69 ta profilaktik tadbirlar, 29 ta yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Ijro va xizmat intizomiga rioya qilmagan 22 nafar xodimlar intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Hozirda ham xodimlar o‘rtasida o‘z vazifasini suiiste’mol qilib, tamagirlik va pora olish holatlarini oldini olishga qaratilgan qator amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Xodimlarning xatti-harakatlari (xulq-atvori) bo‘yicha kelib tushayotgan shikoyat va murojaatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi xabar va va turli signallar mazmuni, ichki tartib-intizom, xizmat etikasi hamda fuqarolar bilan muloqot madaniyatiga rioya etilishiga qaratilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotingizda korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, bu haqida Bosh prokuraturaning “1161” raqamli hamda Byuroning “1107” raqamli Ishonch telefonlariga murojaat qiling.

Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Korrupsiyaga qarshi kurashish - davr talabi!