date

Toshkentda erkaklar kam: boshqa hududlarda vaziyat qanday?

Toshkentda erkaklar kam: boshqa hududlarda vaziyat qanday?
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

O‘zbekistonda demografik muvozanat asosan saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, ayrim hududlarda bu ko‘rsatkichlar o‘ziga xos tarzda farqlanmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatida mamlakat bo‘yicha har ming nafar ayolga o‘rtacha 1 015 nafar erkak to‘g‘ri kelgan.

Bu esa umumiy hisobda erkaklar soni ayollarga nisbatan biroz ustun ekanini ko‘rsatadi. Ya'ni, respublikaning aksariyat hududlarida an'anaviy demografik nisbat saqlanib qolgan.

Biroq barcha 14 ta hudud orasida yagona istisno — Toshkent shahri hisoblanadi. Poytaxtda har 1 000 nafar ayolga atigi 966 nafar erkak to‘g‘ri kelgan. Mutaxassislar bu holatni yirik shaharlarga ayollar migratsiyasi nisbatan yuqori ekani bilan izohlamoqda.

Eng yuqori ko‘rsatkich esa Namangan viloyatida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda har ming nafar ayolga 1 034 nafar erkak to‘g‘ri keladi. Qizig‘i shundaki, Toshkentda ayollar soni erkaklardan 34 nafarga ko‘p bo‘lsa, Namanganda aksincha — erkaklar xuddi shunchaga ko‘plik qiladi.

Qolgan hududlarda ham erkaklar soni ustunligi saqlanib qolgan:

  • Qashqadaryo — 1 029 nafar;
  • Andijon — 1 027 nafar;
  • Navoiy — 1 026 nafar;
  • Surxondaryo — 1 025 nafar;
  • Jizzax va Farg‘ona — 1 019 nafar;
  • Samarqand — 1 016 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston — 1 010 nafar;
  • Sirdaryo — 1 009 nafar;
  • Toshkent viloyati — 1 008 nafar;
  • Buxoro — 1 006 nafar;
  • Xorazm — 1 004 nafar.

Mutaxassislar fikricha, bunday demografik farqlar ichki migratsiya, ish o‘rinlari taqsimoti va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq bo‘lib, ayniqsa yirik shaharlarda ayollar ulushining ortishi tabiiy hol sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda erkaklar kam: boshqa hududlarda vaziyat qanday?