22:06 / 27.12.2016
8 791

Firibgarlik uchun jazo choralariga aniqlik kiritildi

Firibgarlik uchun jazo choralariga aniqlik kiritildi

O‘zbekiston Jinoyat kodeksidagi firibgarlik uchun jazo belgilangan 168-moddaga oydinlik kiritildi va kengaytirildi. Qonunchilik palatasi tomonidan 6 oktyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 12 oktyabrda tasdiqlangan o‘zgartishlarni 26 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Yangilangan moddaga muvofiq, firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqini qo‘lga kiritish eng kam oylik ish haqining 50 dan 100 baravari miqdoridagi jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish (bunga qadar — EKOIHning 100 baravarigacha jarima) yoxud 1 yilgacha axloq tuzatish yoki 6 oygacha qamoq jazosiga sabab bo‘ladi.

Firibgarlik a) katta miqdorda (mazkur moddadagi yangi band), b) oldindan til biriktirgan holda guruh bo‘lib yoki v) kompyuter texnikasidan foydalangan holda amalga oshirilsa, EKOIHning 100 dan 300 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (avval — EKOIHning 100 dan 300 baravariga qadar jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikning cheklanishi yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish tayinlanar edi).

Xuddi shu jinoyat a) katta miqdorda, b) takroran yoki xavfli residivist yoki v) xizmat vazifasidan foydalangan holda (yangi band) sodir etilsa, EKOIHning 300 dan 400 baravarigacha yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 5 yildan 8 yilgacha muayyan huquqlardan mahrum etilgan holda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga loyiq deb topiladi.

Firibgarlik a) o‘ta yirik miqdorda, 6) o‘ta xavfli residivist yoki v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlari uchun sodir etilsa, 400 dan 600 baravargacha EKOIH yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish (avval — EKOIHning 300 dan 600 baravarigacha jarima) yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosiga munosib ko‘riladi.

Biroq moddiy zarar etkazganlik uchun ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Firibgarlik uchun jazo choralariga aniqlik kiritildi