date

Veolia: Issiq suv muammolari uchun to'lov qayta hisoblanadi


Veolia Energy Tashkent kompaniyasi aholi tomonidan issiq suv rangining vaqtinchalik o'zgarishi haqida kelib tushgan murojaatlar asosida issiqlik tarmoqlari va uskunalarini tekshirishni boshladi. Bunday muammoga duch kelgan fuqarolar 1347 yoki 71 200 00 56 raqamlariga qo'ng'iroq qilib, murojaat qilishlari so'raladi.

Shuningdek, yashash joyidagi kompaniyaning hududiy bo'linmalariga yoki Telegram-kanal orqali (t.me/VeoliaOperativMarkazi) xabar yuborish mumkin. Mutaxassislar barcha murojaatlarni qayd etib, boshqaruv kompaniyalari yoki xonadonlar uyushmasi bilan birgalikda uy-joy va muhandislik tarmoqlarini tekshiradi.

Agar muammo tashqi tarmoqlarga bog'liq ekani tasdiqlansa, aholiga issiq suv uchun to'lovlarni qayta hisoblash imkoniyati yaratiladi. Qayta hisoblash uchun kompaniya vakili ishtirokida dalolatnoma tuziladi, unda muammo xususiyati va davomiyligi qayd etiladi.

Hujjat imzolanganidan so'ng, u hududiy bo'limga yuboriladi va to'lovlar qayta hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Veolia: Issiq suv muammolari uchun to'lov qayta hisoblanadi