Toshkentda KORZINKA xodimi ayolning belidan ushlagani uchun qamaldi

Toshkentda KORZINKA xodimi ayolning belidan ushlagani uchun qamaldi
Qisqacha

“KORZINKA” savdo majmuasi xodimi A.I. ayolning belidan ushlab, shaxvoniy mazmundagi harakat qilgani va keyinchalik IIB xodimlariga bo‘ysunmagani uchun 10 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Hodisa 14 dekabr kuni Shayxontohur tumanidagi savdo majmuasida fuqaro M.X.ga nisbatan sodir bo‘lgan. A.I. sudda MJtKning tegishli moddalari asosida aybdor deb topildi.

Toshkent shahrida jamoatchilikni larzaga solgan holat yuzasidan sud qarori chiqarildi. Ma’lum bo‘lishicha, “KORZINKA” savdo majmuasida ishlovchi xodim notanish ayolga nisbatan axloqqa zid harakat sodir etgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Sud materiallariga ko‘ra, hodisa 14 dekabr kuni Shayxontohur tumanida joylashgan savdo majmuasida sodir bo‘lgan. A.I. fuqaro M.X. oldidan o‘tib ketar ekan, uning bel qismidan ushlab, shaxvoniy mazmundagi harakat qilgan.

Shundan so‘ng u IIBga olib kelinib, tushuntirish ishlari olib borilgan vaqtda ham qoidabuzarlikni davom ettirgan. A.I. ichki ishlar xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lib, jamoat joyida baqir-chaqir qilgan va qonuniy talablarga bo‘ysunmagan.

15 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida fuqaro MJtKning tegishli moddalari asosida aybdor deb topilib, unga uzil-kesil 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamoat joylarida fuqarolarning daxlsizligi qonun bilan himoya qilinishi, bunday holatlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ta’kidlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar