
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Dilafro‘z Sobirova dunyodagi eng nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Harvard universitetiga o‘qishga qabul qilindi. Eng quvonarlisi, u 4 yillik ta’lim uchun 100 foizlik grantni qo‘lga kiritdi.
Yosh iqtidor egasi SAT imtihonida 1540, IELTS'da esa 8.0 ball to‘plab, xalqaro miqyosda yuqori natijalar qayd etgan. Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha viloyat olimpiadasi g‘olibi, nemis tilidan B2 daraja sohibi hisoblanadi.
Dilafro‘z faqat o‘qish bilan cheklanib qolmagan. U eko-qo‘mita sardori sifatida faoliyat yuritgan, xalqaro tanlov va konferensiyalarda ishtirok etgan, UNESCO va Harvard bilan bog‘liq loyihalarda o‘z salohiyatini namoyon etgan. “Raqamli avlod qizlari” tashabbusi doirasida yaratilgan “EcoHelp” ilovasi esa uning ijtimoiy muammolarga befarq emasligini ko‘rsatadi.
Bu yutuq — mehnat, intilish va imkoniyatlar uyg‘unligining yaqqol namunasi. Bugun Harvard'da tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar safida yana bir yangi nom paydo bo‘ldi. Ertaga esa bunday xabarlar yanada ko‘payishi aniq. Chunki iste’dod bor joyda natija ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.