date

Toshkentda Kipr vizasi markazi ochildi

Toshkentda Kipr vizasi markazi ochildi

2025 yil 15 dekabrdan Toshkentda Kipr vizasi markazi o‘z faoliyatini boshladi. Viza uchun hujjatlar qabulini BLS International kompaniyasi amalga oshiradi. Bu haqda Kiprning Rossiyadagi elchixonasi rasmiy xabar berdi.

Vizalar markazi Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 5A-uy, Seoul Plaza biznes markazining 5-qavatida joylashgan.

Boglanish uchun telefon raqami: +998 71 205 16 84. C toifasidagi vizaga hujjatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri vizalar markazida topshiriladi.

Arizani qabul qilish uchun xizmat haqi 1,50 yevro (QQS hisobga olinmagan). Kiprning C toifasidagi vizasi qisqa muddatli safarlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u bilan respublika hududida 180 kun ichida 90 kungacha bo‘lish mumkin.

Shuningdek, ariza beruvchilarga ixtiyoriy ravishda qo‘shimcha pullik xizmatlar taklif etiladi. Kipr elchixonasi ushbu xizmatlarning sifati yoki narxi uchun javobgar emas.

Hujjat topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish va vizalar bilan bog‘liq batafsil ma’lumot markazning rasmiy sahifasida mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Kipr vizasi markazi ochildi