
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni, fermer Abduraim Hamidovning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. U 10 dekabr kuni, 83 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Abduraim Hamidov 1943 yil 20 oktyabr kuni Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1960 yilda "O‘zbekiston" kolxozida mexanizator sifatida boshlagan.
Keyinchalik pudratchi sifatida xizmat qilgan va 2007 yilda "Shahand humo qushi" fermer xo‘jaligini tashkil etib, ko‘p yillar davomida ushbu xo‘jalikka rahbarlik qilgan. Qariyb 60 yillik mehnat faoliyati davomida u qishloq xo‘jaligi sohasining nufuzli mutaxassislaridan biriga aylangan.
Zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishda faol ishtirok etgan va mamlakatda paxtachilik hamda fermerlik harakati rivojiga katta hissa qo‘shgan. Shuningdek, Namangan viloyati xalq deputatlari Kengashi deputati sifatida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda qatnashgan.
Abduraim Hamidovga "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni berilgan, u "Mehnat shuhrati" ordeni va O‘zbekiston Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.