
Yakshanba kuni Madridning “Real” jamoasi La Liga doirasidagi safar o'yinida “Alaves”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvning 88-daqiqasida “qaymoqranglilar” hisobdagi ustunligini oshirish uchun penalti tepishi mumkin edi.
Biroq Vinisius jarima maydonida yiqilgan vaziyatda hakam 11 metrlik jarima zarbasini belgilamadi. “Vinisius bilan bo'lgan epizodmi?
Bu sof penalti. Lekin biz hayron emasmiz, mutlaqo hayron emasmiz”, — deya Fabritsio Romano “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonsoning so'zlarini keltirdi.
Madridliklarning g'alabasini 24-daqiqada Kilian Mbappe, 76-daqiqada esa Rodrigoning gollari ta'minladi. “Real” Ispaniya chempionati turnir jadvalida 39 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
Peshqadam — 43 ochko jamg'argan “Barselona”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.