
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahriga ishchi tashrif bilan yetib keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Xalqaro "Pulkovo" aeroportida uni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. 21-22 dekabr kunlari davom etadigan tashrif doirasida davlat rahbari Yevroosiyo iqtisodiy kengashi Oliy yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi, shuningdek, MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida qatnashadi.
Sammitlar kun tartibida ko‘p tomonlama ittifoqlar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Ishtirokchilar birgalikdagi faoliyat yakunlarini sarhisob qiladilar va kelgusi yil uchun ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashadilar.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.