
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.A.dan undiruvchi M.A. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun har oylik daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 64-moddasiga muvofiq qarzdorning ish haqidan ushlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ish joyiga tegishli talabnoma yuborilgan.
Biroq qarzdor ishlayotgan korxona buxgalteriyasi tomonidan mazkur talabnoma ish yurituvga qabul qilinmagan va uning ijrosi ta’minlanmagan. Natijada aliment bo‘yicha qarzdorlik miqdori 16 million so‘mdan ortiqni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor ishlayotgan korxonada buxgalteriya tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida buxgalter tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlikka tortilishining oldini olish maqsadida aliment bo‘yicha 16 million so‘mdan ortiq qarzdorlik bir kunda to‘liq undirilib, undiruvchi foydasiga yo‘naltirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.