date

Farg‘onada mast ayollar jamoat tartibini buzdi — ish sudga oshirildi

Farg‘onada mast ayollar jamoat tartibini buzdi — ish sudga oshirildi

Farg‘ona shahrida jamoat tartibini buzgan ikki nafar ayolga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi. Holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan so‘ng aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 29 noyabr kuni soat 04:00 atrofida, Farg‘ona shahrining Shakorqishloq mahallasi Tarona ko‘chasida 2003 yilda tug‘ilgan M.G‘. hamda 2004 yilda tug‘ilgan F.O. spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda mast holatda bo‘lgan. Ular tungi paytda hududda yashovchi fuqarolarning tinchligini buzib, jamoat tartibiga zid harakatlar sodir etgan.

Holat yuzasidan voqea joyiga yetib borgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ayollarni tinchlantirishga urinish amalga oshirilgan. Biroq mazkur shaxslar xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgani qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan M.G‘. va F.O.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddasi (ichki ishlar xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik) asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ish hujjatlari tegishli sud organiga yuborilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada mast ayollar jamoat tartibini buzdi — ish sudga oshirildi