Qozog‘iston Yaponiyaga ot go‘shtini eksport qiladi

Qozog'istonning “Zhabyak LLP” va Yaponiyaning “Senko Farm” kompaniyalari ot go'shti hamda undan tayyorlanadigan mahsulotlarni Yaponiyaga eksport qilish bo'yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Loyiha ustida bir necha yil ishlanib, ishlab chiqarish jarayonlari Yaponiya bozorining veterinariya va sanitariya talablariga moslashtirildi hamda zarur ruxsatnoma va sertifikatlar olindi.
Qozog‘iston Yaponiyaga ot go‘shti va undan tayyorlanadigan mahsulotlar eksport qilish yo‘lida muhim qadam tashladi. Qozog‘istonning “Zhabyak LLP” hamda Yaponiyaning “Senko Farm” kompaniyalari ushbu yo‘nalishda hamkorlik memorandumini imzoladi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha ustida bir necha yil davomida ish olib borilgan. Tomonlar ishlab chiqarish jarayonlarini Yaponiya bozorining qat’iy veterinariya va sanitariya talablariga moslashtirish, barcha zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni olishga erishgan.
Kazakh Invest'ga ko‘ra, mazkur hamkorlik yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni yetkazib berishga xizmat qiladi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, memorandum Qozog‘iston ot go‘shti uchun dunyoning eng talabchan bozorlaridan biriga yo‘l ochib, mahsulot sifati va raqobatbardoshligini tasdiqlaydi.

























Izohlar 0
…