Arne Slot jamoasining kechagi g‘alabasini qanday baholadi?

1 daqiqa o'qish481
Arne Slot jamoasining kechagi g‘alabasini qanday baholadi?

Angliya Premyer-ligasida «Liverpul»ning «Tottenhem» ustidan qo‘lga kiritgan 2:1 hisobidagi g‘alabasi jamoa uchun nafaqat ochkolar, balki muhim xulosalar ham olib keldi. Uchrashuvdan keyin «qizillar» bosh murabbiyi Arne Slot o‘yin tafsilotlari, ayrim futbolchilarning sog‘ligi va jamoa holati haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

20 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan bellashuvda hisob 56-daqiqada Aleksandr Isak tomonidan ochildi. Biroq gol urilgan epizoddayoq hujumchi jarohat olib, o‘yinni davom ettira olmadi. Shu orqali Isakning ahvoli muxlislar orasida jiddiy savollar uyg‘otdi. Arne Slotning ta’kidlashicha, hozircha tibbiy xulosa yo‘q, ammo gol urgandan keyin maydonga qaytishga urinilmagani xavotirli belgidek tuyuladi.

O‘yin ssenariysi ham dramatik kechdi. «Tottenhem» birinchi bo‘limda Xavi Simonsning qizil kartochka olishi orqali bir o‘yinchisidan ayrildi. Shunga qaramay, «Liverpul» ustunligini saqlab qoldi va Ekitike tomonidan urilgan ikkinchi gol hisobni 2:0 ga yetkazdi. Ikkinchi bo‘limda zahiradan tushgan Risharlison bir to‘p bilan intrigani tikladi. Qo‘shimcha daqiqalarda esa «shporlar» sardori Kristian Romero ikkinchi sariq kartochkadan keyin maydonni tark etib, londonliklar uchrashuvni 9 kishi bilan yakunladi.

Jamoa rivoji haqida gapirar ekan, Slot natija muhimligini alohida ta’kidladi: o‘yin davomida barcha jihatlar ideal bo‘lmasa-da, ochkolar jamg‘arilayotgani jamoa o‘sishidan dalolat beradi. Shuningdek, Konor Bredli almashtirilishi taktik qaror bo‘lgani, hujumda bosimni saqlash maqsad qilingani aytildi.

Qizil kartochkalar masalasida esa Slot hakamlar va VAR qarorlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini, ayrim hollarda oddiy qoidabuzarlik ham maydondan chetlatishga olib kelishi mumkinligini qayd etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Liverpul» ochkolarini 29 taga yetkazib, turnir jadvalida 5-pog‘onaga ko‘tarildi. Jamoa uchun eng muhimi esa — natijalar bilan birga barqarorlik ham shakllanib borayotgani.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?