
Bugun, 30-oktabr kuni, Netflix platformasida mashhur 'Vedmak' serialining to'rtinchi fasli namoyish etildi. Ushbu faslda Geralt rolini birinchi marta Genri Kavill o'rniga Liam Xemsvort ijro etdi.
Shuningdek, aktyorlar tarkibiga Lourens Fishbern qo'shilib, u vampir Regis obrazini gavdalantirdi. To'rtinchi va beshinchi fasllar ketma-ket suratga olinmoqda.
Beshinchi fasl yakuniy bo'lib, Andjey Sapkovskiyning 'Olovda cho'milish', 'Qaldirg'och minorasi' va 'Ko'l malikasi' kitoblari asosidagi ekranlashtirishni yakunlaydi. Uchinchi fasl qahramonlar taqdiri bo'linishi bilan tugagan edi.
Geralt Vilgeforc bilan to'qnashuvdan so'ng Siritni qutqarishga tayyorgarlik ko'radi. Sirit esa yangi Falka nomi bilan "Kalamtar"lar to'dasiga qo'shiladi.
Tissayning o'limidan keyin Yennifer Aretuza sehrgarlariga yetakchilik qila boshlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar