
Xonanda Sevinch Mo‘minova o‘zining yangi “Sevasanmi” nomli qo‘shig‘i premyerasini muxlislarga taqdim etdi. San’atkor bu haqda Instagram’dagi rasmiy sahifasi orqali ma’lum qilib, qo‘shiqni endi to‘liq holatda YouTube platformasida tomosha qilish mumkinligini bildirdi. Yangi ijod mahsuli qisqa fursatda tinglovchilar e’tiborini tortib, ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinmoqda.
Ushbu tarona qisqa vaqt ichida katta qiziqish uyg‘otib, YouTube platformasida 500 mingdan ortiq tomosha qilindi. Shuningdek, mingdan ziyod tinglovchilar qo‘shiq ostida iliq va samimiy izohlar qoldirib, xonandaning yangi ijodini yuqori baholashdi. Bu esa “Sevasanmi” taronasi muxlislar qalbidan joy olayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.