
Xonanda Ruxshona ilk bor ota-onasining ajrashuviga sabab bo‘lgan og‘riqli va murakkab hayotiy voqeani ochiqchasiga so‘zlab berdi. Uning aytishicha, bu holat u tug‘ilganidan keyin ma’lum bo‘lgan oilaviy haqiqat bilan bog‘liq.
Ruxshonaning hikoya qilishicha, otasi onasiga o‘sha paytda o‘zining birinchi xotini va undan bo‘lgan uch nafar farzandi borligini tan olgan. Bu sir ilgari yashirib kelingan bo‘lib, bunga sabab birinchi turmush o‘rtog‘ining og‘ir kasallik — rak bilan xastalangani bo‘lgan.
Xonandaning aytishicha, otasi onasiga: “Menda uchta farzandim bor, ularni katta qila olasanmi?” deb murojaat qilgan. Onasi esa bu mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga rozi bo‘lgan va bolalarni tarbiyalashga tayyorligini bildirgan.
Biroq hayot kutilmagan burilish yasagan. Allohning taqdiri bilan birinchi xotin sog‘ayib ketgan. Natijada vaziyat yanada murakkablashgan va bu holat oilaviy munosabatlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
Ruxshona bugun bu voqeani xotirlar ekan, aslida uning ikki nafar akasi va bir opasi borligini aytib o‘tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.