
Bugun, 13 dekabr kuni, futbol afsonalariga aylangan Lionel Messi Hindistonning Kalkutta shahrida bo‘lib, mamlakatning mashhur aktyori Shohruh Xon bilan uchrashdi. Tadbirda Messi o‘zining 21 metr balandlikdagi haykalini virtual ravishda ochish marosimini o‘tkazdi. Bu voqea Hindistondagi sport klublaridan biri — Cri Bhumi klubida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Lionel Messidan tashqari, uning jamoadoshlari Luis Suares va Rodrigo De Paul ham ishtirok etdi. Bundan tashqari, Shohruh Xon va uning kenja o‘g‘li Abram Xon ham haykal ochilish marosimida ishtirok etdi va futbol afsonasi bilan birgalikda suratga tushishdi.
Tadbirda Messi sharafiga o‘rnatilgan haykalning 21 metr bo‘lib, u Kalkutta shahrining Janubiy Dum-Dum mahallasida joylashgan. Qo‘lida Jahon chempionati kubogi bilan tasvirlangan Messi haykali bir qator texnik muammolarga qaramay, juda tez qurib bitkazildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, haykal 40 kun ichida tayyorlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.