Shahzoda Muhammedova bolalik orzusini 34 yoshida amalga oshirdi! (video)

Shahzoda Muhammedova bolalik orzusini 34 yoshida amalga oshirdi! (video)

Dizayner, aktrisa va boshlovchi Shahzoda Muhammedova o‘zining Instagram sahifasida muxlislarini quvontirgan yangilikni ma’lum qildi. U bolajonlar uchun Yangi yil oldi taqdim etiladigan “Sehrlandiya” nomli multfilmda qahramonlardan biriga ovoz berayotgani haqida gapirdi.

Shahzoda postida shunday deb yozdi:

“Bu qahramonning xarakteri bilan o‘xshash tomonlarimiz bor. Chunki do‘stim yoki yaqin insonimni kimdir xafa qilsa, men ham birinchi bo‘lib qat’iyat bilan maydonga chiqadiganlardanman.”

Aktrisa shuningdek:

“Kichkina bo‘lsa-da, juda jasur, mehribon va o‘ziga xos qizcha — bizning yagona personajimiz Bibi!” — deya qo‘shimcha qildi.

Multfilmning Yangi yil arafasida — 25 dekabr kuni premyera qilinishi ham oshkor etildi. “Sehrlandiya” bu yilning asosiy bayramona tomoshalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Shahzoda bolalikdan qilgan orzusining nihoyat ushalganini ham hayajon bilan aytib o‘tdi:

“Men bolalikdan multfilmga ovoz berishni orzu qilardim. Lekin kinoaktrisa bo‘lishni hech istamaganman. Mana, 34 yoshimda nihoyat orzum amalga oshdi — Bibi obraziga ovoz beryapman”, — deya so‘zlarini yakunladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar