
2025-yilgi World Happiness Report reytingida O'zbekiston 147 ta davlat orasida 53-o'rinni egalladi. Ushbu tadqiqotda daromad, sog'liq, ishonch darajasi, tanlov erkinligi va jamiyat tomonidan ko'rsatiladigan qo'llab-quvvatlash kabi omillar, shuningdek, aholining o'z hayot sifatini qanday baholashi hisobga olingan.
Avvalgi yillardagi kabi, dunyoning eng baxtli mamlakati deb yana Finlyandiya topildi. Afg'oniston esa yana oxirgi o'rinda qoldi.
Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog'iston 40-o'rin bilan mintaqadagi eng baxtli mamlakat bo'ldi. Undan keyin O'zbekiston (53-o'rin), Qirg'iziston (64-o'rin), Tojikiston (80-o'rin) va Turkmaniston (91-o'rin) joylashdi.
Reyting BMT ishtirokida tuzilgan bo'lib, 2022–2024-yillardagi so'rovlar asosida tayyorlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar