
Armanistonda 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab yangi tartib joriy etilmoqda: endi har bir tug‘ilgan bola uchun bir martalik to‘lov 500 ming dram (taxminan 1300 AQSH dollari) qilib belgilandi. Bu haqda “Armenia Today” nashri parlamentning navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilingan qonunchilik tashabbusi haqida ma’lum qildi.
Avvalgi tartibga ko‘ra, bir martalik nafaqa oiladagi bolalar soniga qarab turlicha bo‘lgan:
— birinchi va ikkinchi farzand uchun 300 ming dram (786 dollar),
— uchinchi va to‘rtinchi bola uchun 1 mln dram (2600 dollar),
— beshinchi va undan keyingilari uchun 1,5 mln dram (3900 dollar) to‘langan.
Yangi islohot barcha bolalar uchun bir xil to‘lov joriy etib, tartibni soddalashtirmoqda.
Shu bilan birga, mamlakatda ko‘p bolali oilalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash dasturi ham saqlanib qoladi. Unga ko‘ra, 2022–2025 yillarda tug‘ilgan oilalardagi uchinchi va undan keyingi har bir bolaga oyiga 50 ming dram (131 dollar) to‘lov bola olti yoshga to‘lguncha davom etadi.
Bundan tashqari, qonun 2026 yil 1 yanvardan keyin tug‘iladigan barcha bolalar uchun mazkur to‘lovlarni uzluksiz amalga oshirishga huquqiy zamin yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Xitoy ham tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida 2026 yildan tug‘ruq bilan bog‘liq barcha tibbiy xarajatlarni davlat byudjeti hisobidan qoplashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.