
O'zbekistonda yengil yo'l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima o'rniga ogohlantirish joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Tegishli qonun Senatning o'n birinchi yalpi majlisida ma'qullandi.
Endilikda haydovchi birinchi marta yengil qoidabuzarlik sodir etsa, unga jarima solinmasdan, oqibati tushuntirilgan holda ogohlantirish bilan cheklaniladi. Shuningdek, qonunda foto va video kameralar orqali aniqlanadigan qoidabuzarliklar ro'yxati aniqlashtirilib, jazoni qo'llash muddati hodisa qayd etilgan kundan boshlab bir oy ichida bo'lishi belgilandi.
Senatorlar bu choralar yo'l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolarning davlat organlariga bo'lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.