
Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt bo‘lgan energiya saqlash tizimi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi ma'lum qildi.
Qurilish bo‘yicha Masdar kompaniyasi bilan kelishuv Abu-Dabida o‘tkazilgan ADIPEC 2025 xalqaro forumida imzolandi. Loyiha energetika tizimining barqarorligini oshirish va yashil energiyani saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.
Shuningdek, forum davomida AMEA Power kompaniyasi bilan quvvati 200 MVt bo‘lgan yana bir energiya obyekti qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolandi. Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, Abu-Dabidagi muzokaralar davomida o‘zbek delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya, AQSh va Buyuk Britaniya vakillari bilan qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi joriy loyihalar va hamkorlikni kengaytirish rejalari yuzasidan fikr almashdi.
Navoiyda energiya saqlash tizimi quriladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar