date

O‘zgidromet 23 dekabr ob-havo ma’lumotlarini ma’lum qildi

O‘zgidromet 23 dekabr ob-havo ma’lumotlarini ma’lum qildi

O‘zgidromet 23 dekabr kuni uchun ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, seshanba kuni respublika bo‘ylab havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi, faqat ayrim hududlarda qisqa muddatli qor yog‘ishi ehtimoli saqlanib qoladi.

Toshkent shahrida kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi, ayrim joylarda yo‘llar yaxmalak bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Harorat tungi paytda 2–4 daraja sovuq, kunduzi 5–7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo tuman kuzatilishi mumkin. Havo kechasi 1–6 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib, kunduzgi harorat 7–12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Toshkent viloyatida, shuningdek Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 0–7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo barqaror, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Ayrim hududlarda tuman va yo‘llarda yaxmalak ehtimoli saqlanadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi, shu bois ehtiyotkorlikka chaqiriladi.

Mutaxassislar qish mavsumiga oid umumiy prognozga ko‘ra, dekabr oyida yog‘ingarchilik me’yor atrofida bo‘lishi, yanvar va fevral oylarining ayrim davrlarida esa anomal sovuqlar kuzatilishi mumkinligini eslatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zgidromet 23 dekabr ob-havo ma’lumotlarini ma’lum qildi