
O‘zbekiston suv va salomatlik masalalariga oid BMT Protokoliga qo‘shildi. Bu qaror muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
Ushbu hujjat 29 mamlakatni birlashtirib, suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena tizimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassisi Olga Mirshinaning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishlari va suv ta’minoti masalalari mamlakatga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Unga ko‘ra, protokol ommaviy joylarda sanitariya-gigiyena me’yorlarini joriy etishda muhim vosita bo‘ladi. Mazkur hujjat ekologiya, suv resurslari va sog‘liqni saqlash sohalarini bevosita bog‘lovchi yagona xalqaro huquqiy kelishuv hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar