
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlarida respublika hududlari bo‘ylab ob-havo barqaror bo‘lmaydi. Ayrim paytlarda yog‘ingarchilik kuzatilib, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Mutaxassislar bu jarayon mavsumiy havo o‘zgarishlari bilan bog‘liq ekanini qayd etmoqda.
Shanba va yakshanba kunlari havo harorati kechalari 0…-5 daraja sovuq, kunduz paytida esa 0…+5 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda. G‘arbdan esadigan shamol o‘rtacha tezlikda bo‘ladi, ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi.
Toshkent shahrida kunduz yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati +1…+3 daraja bo‘ladi. Shanba kuni asosan qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik kuzatilishi, tuman tushishi mumkin. Yakshanba kuni esa kechasi va ertalab yengil qor yog‘ishi, tuman kuzatilishi aytilmoqda, kunduz paytida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Sinoptiklar harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘lishini ta’kidlab, haydovchilar va sayohatchilarni ehtiyot choralariga amal qilishga chaqirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.