
«Spartak»ning sobiq darvozaboni Anzor Kavazashvili «PSJ» posboni Matvey Safonovning jarohati va uning ruhiy holatiga ehtimoliy ta'siri haqida fikr bildirdi. Fransiya klubi rossiyalik darvozabonda chap qo'l suyagi singani aniqlanganini ma'lum qildi.
Kavazashvilining ta'kidlashicha, majburiy tanaffus Matveyning psixologik holatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Sababi Safonov endigina o'yin amaliyotini ola boshlagan, kayfiyati ko'tarinki edi.
«Matveyning endi uzoq vaqt maydonga tusha olmasligi yomon. U yuksalishda edi.
Endi jarohat uni ruhan sindirib qo'yishi mumkin, chunki u o'ynash uchun uzoq kutdi», — deya Kavazashvilining so'zlarini «Match TV» keltirdi. Joriy mavsumda Safonov to'rtta uchrashuvda maydonga tushdi, ularning ikkitasida darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.